KXDR unga qarshi BMT sanksiyalarining kengaytirilishini noqonuniy deb hisoblaydi va Xavfsizlik Kengashining bu ishiga nisbatan javob choralarini ko‘rishga tayyor. Bu haqda KXDRning BMT Jeneva bo‘limidagi doimiy vakili Xan Txe Son bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Delegatsiyam BMT Xavfsizlik Kengashining noqonuniy rezolyutsiyasini qat’iy tarzda qoralaydi”, — ma’lum qildi u.
“Vashington iqtisodiy, siyosiy va harbiy ziddiyat kursini boshladi, bu jarayon yakuniy bosqichga kelib qoldi”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)