Ukraina prokuraturasi Gruziyaga muxolif siyosatchi Mixail Saakashvilining topshirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Ukraina adliya vaziri Pavel Petrenko ma’lum qildi, deb xabar beradi “Ren-TV”.
“Bu so‘rov olinganidan so‘ng ekstraditsion tekshiruv o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi. Bu dastlabki bosqich. Agar tekshiruv ijobiy xulosa bilan yakunlansa, keyingi qarorlarni qabul qilish imkoniyati tug‘iladi”, — dedi Petrenko.
Ilgariroq adliya vaziri o‘rinbosari Sergey Petuxov Kiyev Tbilisidan Saakashvilini hisbga olish bo‘yicha so‘rov olganini bildirgan edi.
Izoh (0)