Ertaga — 12-sentabr kuni Radisson Blu mehmonxonasida O‘FF prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tadi. Katta ehtimol bilan tashkilotning amaldagi prezidenti Mirabror Usmonov unda o‘z vakolatlarini topshiradi.
“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, saylovdan keyin Murod Aliyev va Umid Ahmadjonov O‘FF tasnifida ish boshlashi mumkin. Har ikki mutaxassis Toshkent klublarida faoliyat olib bormoqda. Aliyev “Bunyodkor”da, Ahmadjonov esa “Paxtakor”da vitse-prezident hisoblanadi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Umid Ahmadjonov O‘FF prezidenti sifatida faoliyat yuritishi, Murod Aliyevga PFL ishonib topshirilishi mumkin. Bungacha PFLga Farhod Magomedov rahbarlik qilayotgandi.
Izoh (0)