AQShning Florida shtati ma’muriyati “Irma” to‘foni sabab hudud aholisining 5,6 million nafarini evakuatsiya qilishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Avvalroq AQShning Alabama shtati gubernatori Key Ayi “Irma” to‘foni sabab o‘zi rahbarlik qilayotgan hududda favqulodda holat tartibini e’lon qilgan edi.
Xabar berishlaricha, to‘fon yana kuchayib, uning kuchi so‘nggi — beshinchi darajaga yetgan. Xususan, shamolning tezligi soatiga 257 kilometrga yetmoqda.