Aktrisa, “Oskar” mukofoti laureati Jennifer Lourens AQShda sodir bo‘layotgan to‘fonlarni tabiatning Amerika prezidenti Donald Trampga nisbatan javobi deya atadi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Aktrisa “Ona!” filmini taqdim etish uchun Buyuk Britaniyaga tashrif buyurgan. AQShda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar borasida berilgan savolga “ona tabiat”ning qahrini sezmaslikning iloji yo‘q deya javob berdi.
Aktrisaning so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar Lourens ishtirokidagi filmlarga nisbatan boykot e’lon qilishga chaqirdi.
Aktrisa bundan oldin ham bir necha bor Trampni xushlamasligini bildirgandi.