AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni mamlakat janubi-sharqiga yaqinlashayotgan “Irma” to‘foni muqaddam Texasga yopirilgan “Xarvi”dan ham vayronkorroq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“‘Irma’ — bu epik miqyosdagi to‘fon, u biz qachondir ko‘rganlar ichida eng qudratlisidir. Ehtiyot bo‘ling, imkon qadar uning yo‘lidan chiqmang. Federal hukumat tayyor!” — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
“Qirg‘oq qorovulining ajoyib xodimlari o‘tgan hafta ‘Xarvi’dan 15 ming kishini qutqarib qoldi. ‘Irma’ kuchliroq bo‘lishi mumkin. Biz Qirg‘oq qorovulini yaxshi ko‘ramiz!”, — qo‘shimcha qildi davlat rahbari.