Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara davlat mablag‘larini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda. U sud oldida javob beradi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Aytilishicha, ayol bosh vazirning rasmiy qarorgohiga mo‘ljallangan pulni xususiy uyini ta’mirlash va mebel sotib olish uchun ishlatgan. Shuningdek, u hukmron Likud partiyasi markaziy qo‘mitasi a’zosini elektrik sifatida yollagani ma’lum.
Sara 23 ming shekel (6,5 ming dollar) miqdoridagi pulni o‘zlashtirishda ayblanmoqda.
Sara Netanyaxuning o‘zi aybini inkor qilmoqda.
Izoh (0)