Atlantika okeani ustidan o‘tayotgan “Xose” to‘foni Saffir — Simpson shkalasi bo‘yicha to‘rtinchi kategoriyaga qadar kuchaydi. Bu haqda to‘fonlardan ogohlantirish bo‘yicha AQSH milliy markazi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
To‘fon Shimoliy Shamol orollaridan 700 kilometr janubi-sharqroqda. Shamol tezligi soatiga 240 kilometrdan oshmoqda.
“Xose” sharqqa, Karib havzasi tomon siljimoqda. U yerda ayni paytda “Irma” to‘foni avjiga chiqmoqda.
“Irma” to‘foni muqaddam AQShning Texas shtatini vayron qilgan “Xarvi” to‘fonidan ham kuchli bo‘lib, Karib havzasidagi qator davlatlar va hududlarga tahdid solmoqda.
Izoh (0)