4-sentabr kuni Xorazm viloyati hokimi o‘zgardi — viloyatga 2012 yil yanvaridan beri rahbarlik qilib kelayotgan Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi (IIVning sobiq rahbari Abdusalom Azizov mudofaa vaziri sifatida Qobul Berdiyev o‘rnini egalladi).
Po‘lat Bobojonov o‘rniga O‘zbekiston Senatining sobiq raisi — Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Sobirov — viloyat tarixidagi oltinchi hokimdir.
Izoh (0)