4-sentabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazidan uch yoshli qizchani qo‘li elektr go‘sht qiymalagichga kirib, qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Boshqarma qutqaruv otryadi xodimlari zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga yetib bordi va shifokorlar bilan hamkorlikda qizchaning elektr go‘sht qiymalagichga kirib, qisilib qolgan qo‘lini maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib oldi.
Izoh (0)