Filippin prezidenti Rodrigo Duterte politsiyaga aksilgiyohvandlik reydlarini OAV vakillari ishtirokida o‘tkazishni topshirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Men politsiyaga shunday dedim. OAV vakillarisiz reydlar o‘tkazmang. Agar kamera bo‘lsa, muxbir bo‘lsa, ular reydni boshidan oxirigacha bo‘lishini tekshiring”, — dedi Duterte.
Muqaddam Duterte politsiyaga hibsga olishda qarshilik ko‘rsatganlarni o‘ldirishga ruxsat bergan edi.
Izoh (0)