Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sun’iy ongning jahon yetakchiligini qo‘lga kiritishdagi o‘rni haqidagi gaplariga izoh berdi. U Twitter’dagi sahifasi orqali bu uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
“Sun’iy ong sohasida milliy darajada raqobat qilish, fikrimcha, uchinchi jahon urushining boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin” — deb yozdi u.
1-sentabr kuni Yaroslavlda o‘tkazilgan ochiq dars chog‘ida Putin jahon yetakchisi maqomiga sun’iy ong yaratishda eng yaxshi bo‘lgan mamlakat erishishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan edi. Uning fikricha, agar Rossiya soha yetakchisiga aylansa, u texnologiyalarni butun jahonga ulashishi mumkin.
Izoh (0)