Amerikaning Apple korporatsiyasi 12-sentabr kuni yangi mahsulotlari taqdimoti o‘tkazilishini tasdiqladi, deb yozadi Forum Daily. Kompaniya jurnalistlarga tadbirga taklifnomalarni tarqatdi.
“Biznikida uchrashamiz. Marhamat, Kupertino (Kaliforniya shtati)dagi Stiv Jobs teatrida o‘tkaziladigan birinchi tadbirimizga keling!”, — deyiladi Apple taklifnomasida. Taqdimot ertalab 10:00 da boshlanadi.
Taqdimotda korporatsiya uchta yangi iPhone’ni — iPhone 7s, iPhone 7s Plus va iPhone 8 ni namoyish etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Apple TV va Apple Watch smart soatining yangilangan versiyalarini taqdim etishi mumkin.
Izoh (0)