JCh—2018 saralashining Shimoliy Amerika mintaqasida 7-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi. Mazkur mintaqa uchun FIFA 3,5 ta kvota ajratgan bo‘lib, saralashda 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa Osiyo pley-offi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Meksika terma jamoasi bugun tongda Panama ustidan zafar quchib, mundial yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi. Oldindagi 3 ta tur davomida Meksika mag‘lub bo‘lsa ham, 4-o‘rindagi Gonduras uni quvib o‘ta olmaydi.
AQSh termasi esa prinsipial o‘yinda Kosta-Rikaga imkoniyatni boy berdi. Ayni paytda amerikaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdim etuvchi 3-yo‘llanma uchun kurashish bilan band.
Meksikaga qadar mezbon Rossiya, shuningdek, Braziliya, Eron va Yaponiya termalari ham 2018-yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etish masalasini muvaffaqiyatli hal qilib qo‘ygandi.
Izoh (0)