30-avgust kuni tungi vaqtda Toshkent viloyatining Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidan yevropacha tashqi ko‘rinishga ega 45-50 yoshli noma’lum erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
O‘tkazilgan sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining bosh qismiga ko‘plab og‘ir jarohatlar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda jabrlanuvchining shaxsini aniqlash va mazkur o‘ta og‘ir jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)