AQShning Underground Racing atelyesi tomonidan qayta ishlangan Audi R8 superkari 800 metr masofada 394 kilometr/soat tezlikka chiqa oldi. Shu tariqa, avtomobil bunday distansiyadagi eng tez R8 bo‘ldi, deb xabar beradi Motor nashri.
Sinov Shimoliy Karolina shtatidagi Wannagofast tadbirida bo‘lib o‘tdi.
Rekord o‘rnatgan avtomobil o‘n silindrli ikki turbinali dvigatel bilan ta’minlangan. U poyga yoqilg‘isida 2500 ot kuchi ko‘rsatkichini beradi. Oddiy benzinda bu ko‘rsatkich 1200 ot kuchiga teng bo‘ladi.
Izoh (0)