Tesla hamda SpaceX asoschisi Ilon Mask 28-avgust kuni o‘zining The Boring Company kompaniyasi tomonidan Los-Anjeles yaqinida qazigan tunnelida Tesla Model S’ni taqdim etdi, deb xabar berdi Meduza.
Los-Anjeles ostidan o‘tuvchi tunnel yo‘llarda avtomobillar tirbandligini aylanib o‘tish imkonini beradi. Maskning fikriga ko‘ra, avtomobil maxsus lift yordamida yer ostiga tushishi, u yerda esa magnit relslari orqali soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlanadigan maxsus aravaga o‘rnashishi kerak bo‘ladi.
Tunnellarni qurish fikri Maskda 2016-yilning oxirida paydo bo‘lgan. Avvaliga barcha Mask hazillashmoqda deya o‘yladi, biroq ko‘p o‘tmasdan Maskning The Boring Company kompaniyasi Los-Anjeles yaqinidagi Xotorn shahrida tunnel qazishni boshladi. Avgust oyida rasmiylar uch kilometrdan ortiq sinov tunneliga ruxsat berishdi.
Izoh (0)