Yangi mavsum — garderobni yangilash fursati. Ammo hamma yozgi kiyimlardan ham voz kechish kerak emas. Maqolada yozgi liboslarning qaysilarini kuzda ham kiyish mumkinligi va ularni qanday kiyish lozimligi haqida gapiramiz.

Foto: Shutterstock

Yozgi bluzka

Throwback ✨#ChanelHauteCouture

A post shared by Adenorah (@adenorah) on

Rangi oq, o‘zi to‘rdan yoki shifon matodan tikilgan bo‘lsa ham, yozgi bluzkangizni javonning olis burchagiga yuborishga shoshilmang. Kuzda uni chiyduxoba yoki zamsh shim yoki yubkalar bilan kiying. Ustidan esa charm yoki jinsi kurtka tashlab oling. Oyog‘ingizdagi bosonojkani esa loferga almashtiring.

Par-parli ko‘ylak

Bunday yozgi ko‘ylakka kuzgi qiyofani berish uchun uni ingichka kamar va uzun nimcha bilan kiying. Oyog‘ingizga botfort kiying. Yana bir variant — par-parli ko‘ylakni issiq jemper, qo‘pol botinka, palto va kepka bilan kiyish.

Och rangli kyulot (kalta va keng shim)

Yozgi och rangli shimingizni qora charm kurtka bilan kiyib ko‘ring. Qiyofani vodolazka, hajmdor sharf va shlyapa bilan to‘ldirish mumkin.

Ingichka bog‘ichli sarafan (yozgi ko‘ylak)

Same but different 🐢 #backtolayers

A post shared by Camille Charrière (@camillecharriere) on

Uni kuz-qish mavsumida urfga kiradigan vodolazka ustidan kiying va mos tushadigan botilyonlarni tanlang. Ustidan charm kurtka, trench yoki yengil palto kiyishingiz mumkin.

Kalta jinsi shim

Finding your jean type. New outfit post now up on HarperandHarley.com

A post shared by SARA CRAMPTON (@harperandharley) on

To‘pig‘ingiz kuzda sovqotib qolishidan qo‘rqsangiz, tuflini yopiq botilyonga almashtiring. Ustingizga esa longsliv (yengi uzun futbolka), svitshot yoki jun jemper kiying.

Manba: “Passion.ru”