Rossiyaning “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi 13-sentabrdan Sankt-Peterburgdan Namanganga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Aviakompaniya ma’lumotlariga qaraganda, Namangan reyslari Sankt-Peterburgning “Pulkovo” aeroportidan haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Reyslar Airbus 320 laynerlarida amalga oshiriladi.
Ayni paytda “Pulkovo”dan Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Urganch, Farg‘ona shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi.