Avstraliyaning Viktoriya shtatida olib qochilgan mashinalar qidiruvini avtomatlashtirishga qaror qilindi. G‘oyaga ko‘ra, 220 mashinaga kameralar o‘rnatiladi, ular o‘tib ketayotgan mashinalar belgilarini tanib, olib qochilgan avtomobillar ro‘yxatida bor-yo‘qligini tekshiradi. Bunday tizim yaratilishiga 70 million dollar sarflanishi rejalashtirilmoqda, ya’ni har bir avtomobilga 300 ming dollar ketadi, deb xabar beradi Meduza.
Avstraliyalik dasturchi Teyt Braun bo‘sh vaqtida mana shunday dastur yaratishga urinib ko‘rdi. U mashina belgilari lokal darajada tanilishi lozim, degan fikrga keldi; tizim tijoriy dasturlardan foydalanmasligi, past sifatli tasvirlarni taniy olishi kerak edi.
https://twitter.com/taitems/status/902311874586222592
Belgilarni tanish uchun Teyt Braun shuning uchun maxsus yaratilgan openalpr ochiq kutubxonasidan foydalandi. U yerga kamera tasvirlari kiritilishi bilan u belgilarni matnga aylantiradi.
Teyt Braun, shuningdek, tanilgan mashina raqamini mavjud tizimdan qidirib, olib qochilgan-qochilmaganini tekshiradigan dastur ham yozdi. Butun dastur bor-yo‘g‘i bir necha o‘n qator koddan iborat.
Tanish amali uchun dasturchi registrator videosidan foydalandi. Ma’lum bo‘lishicha, belgilar juda aniqlik bilan taniladi.
Izoh (0)