Turkmanistonda mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi — Malikguli Berdimuhamedov sharafiga medal ta’sis etildi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” resursi ma’lum qildi.
Mamlakatning bir palatali parlamenti a’zolari mazkur qarorni bir ovozdan yoqladi.
12-avgust kuni davlat rahbari jamoatchilik e’tiboriga otasining ichki ishlar organlaridagi faoliyatiga bag‘ishlangan kitobini taqdim etgan edi.
2016-yil dekabrida mamlakat o‘rta maktablarida Berdimuhamedovning “Donolik manbai” kitobidan iqtiboslar ishlatish majburiyati belgilangan edi. Maktabdagi turkman adabiyoti dasturiga, shuningdek, amaldagi prezidentning bir qancha kitoblari kiritilgan.
Izoh (0)