Shotlandiya atrof muhit himoyasi agentligining AQSh prezidenti Donald Trampning Trump Organization tashkiloti bilan ixtilofi davom etmoqda, deb xabar beradi The Guardian.
Muqaddam kompaniyaning Aberdin yaqinida ikkinchi golf maydonini qurish haqidagi rejalari agentlik tomonidan “noadekvat” deb baholanib, rad qilingan edi.
Aytilishicha, kompaniya tabiiy qo‘ltiqdan foydalanib, uni obodonlashtirish uchun suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirayotgan edi. Ammo ushbu reja Shotlandiya rasmiylariga ma’qul kelmadi.
Agentlik Tramp vakillarining murosa choralarini e’tirof etdi, shu bilan birga, mavjud klub va kottej yaqinida vaqtinchalik kanalizatsiyadan foydalanish g‘oyasini tanqid ostiga olishda davom etmoqda.
Izoh (0)