Andijon shahrining Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida jismoniy imkoniyati cheklangan 300 fuqaroga Prezident sovg‘asi — nogironlik aravachasi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Andijon viloyatida bugungi kunda turli kasalliklar, jarohat va baxtsiz hodisalar oqibatida nogironlik nafaqasiga chiqqan 51 mingga yaqin katta yoshdagi fuqaro, 9 mingga yaqin bola istiqomat qiladi. Ularni ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 2500 keksa va nogiron turli sihatgohlarda dam olib, salomatligini tikladi. 300 nogiron reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)