O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yil 29-avgustdan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
AQSh dollari kursi 4, 2 ming so‘mdan oshdi. Dollar qiymati o‘tgan haftaga nisbatan 28,05 so‘mga ko‘tarilib, 4210,35 so‘mga yetdi.
Joriy yil boshidan beri (3231,48 so‘m) AQSh dollari so‘mga nisbatan 30,3 foizga oshdi. 2016-yil davomida dollar kursi 15 foizga ko‘tarilgandi.
Izoh (0)