Belgiya armiyasi bosh shtabi harbiylar bir necha yil davomida mamlakat shaharlarini patrullashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Mark Tis De Standaard gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Mudofaa rejasi harbiylarning butun Belgiya hududida terror tahdidiga qarshi kurashishdagi ishtiroki bo‘yicha operatsiyaning kamida 2020-yilgacha uzaytirilishini nazarda tutadi. Harbiy xizmatchilarni tayyorlash dasturi shunga moslashtiriladi.
“Missiyamizni bajarish uchun tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Ammo qo‘shinlarimizning ruhiy tayyorgarligi birinchi o‘rinda. Harbiylar ko‘cha patrulida o‘rtacha olti oy bo‘ladi”, — dedi Tis.
Izoh (0)