Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 19-turidan joy olgan 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bosh jamoasiga 3 va undan ko‘proq futbolchisini bergan “Lokomotiv, “Nasaf” va “Paxtakor” ishtirokidagi bellashuvlar noma’lum sanaga qoldirilgan.
Toshkent derbisida “Bunyodkor”ning qo‘li baland keldi. Davralar oralig‘ida “Obod”dan “Bunyodkor”ga ko‘chib o‘tgan Shohruz Norxonov sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan vodiy derbisida Vadim Abramov boshqaruvidagi “Neftchi” navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va quyi ligaga ravona bo‘lish uchun navbatdagi qadamni tashladi.
19-turda zafar quchgan “Buxoro” va “Qo‘qon—1912” klublari kuchli uchlikdan joy olgan. “Bunyodkor”ning zafar quchishidan keyin Qarshining “Nasaf” klubi endi 5-o‘ringa sho‘ng‘igan.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 19-tur uchrashuvlari 26-avgust, shanba
“Sho‘rtan” — “Metallurg” 0:1
Gol: Mirg‘iyos Sulaymonov, 42 (0:1).“Navbahor” — “Dinamo” 1:0
Gol: Ro‘zimboy Ahmedov, 65 (1:0).“Qo‘qon—1912” — “Neftchi” 3:1
Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev, 8 (1:0). Mo‘ydin Mamazulumov, 64 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 68 (2:1). Suhrob Berdiyev, 74 (3:1).“Buxoro” — “Qizilqum” 1:0
Gol: Vladimir Bayenko, 51 (1:0).“Bunyodkor” — “Obod” 2:0
Gollar: Shohruz Norxonov, 19 (1:0). Doston Hamdamov, 79 (2:0).Noma’lum muddatga qoldirilgan o‘yinlar:
“Paxtakor” — “Mash’al”“So‘g‘diyona” — “Nasaf”“Olmaliq” — “Lokomotiv”