• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Lola Karimova-Tillayeva dugonasi Oqila Toirovaning Islom Karimovning so‘nggi kunlari haqidagi xotiralarini internetda e’lon qildi

    O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafotiga bir yil to‘lishi arafasida uning qizi, jamoat arbobi Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasi orqali dugonasi Oqila Toirovaning xotiralarini ulashdi.

    Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

    Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

    “Men uchun juda shaxsiy bo‘lgan ushbu hikoyani sizga havola etmoqchiman, chunki bir yil avval aynan shu kunda barcha o‘zbekistonliklarga ta’sir etgan, otamning sog‘liqlari bilan bog‘liq qayg‘uli voqealar boshlangan edi.

    Men padari buzrukvorim, O‘zbekistonning birinchi prezidenti hayotlarining so‘nggi kunlari tafsilotlari bilan bo‘lishmoqchiman. Bu xotiralar mana 20 yildan ortiqroq vaqt davomida menga qadrdon bo‘lgan inson tomonidan yozilgan. O‘sha og‘ir kunlar, men tamomila qayg‘uga botgan damlarda, dugonam otam hayotlarining so‘nggi kunlari tafsilotlari bizlar uchun keyinchalik katta ahamiyatga ega bo‘lishini anglab qog‘ozga tushirgan edi”, — deb yozadi Karimova-Tillayeva.

    So‘ng u dugonasining hikoyasini keltiradi:

    “Prezidentimiz bilan ularning hayotliklarida uchrashib, suhbatlashishga muvaffaq bo‘lmaganman. U kishini talabalik davrimda — 90-yillarning o‘rtalarida sport musobaqalarining ochilish marosimlarida bir-ikki marotaba uzoqdan ko‘rganman.

    Ammo, Xudoning xohish va irodasi bilan, ularning hayotlarini so‘nggi soatlarida yonlarida bo‘lish menga nasib etgan.

    To 31-avgust oqshomiga qadar ularning hayotlarini saqlab qolish mumkin degan umid uchquni barchamizning yuragimizda bor edi. Biroq, umid yo‘qligi ayon bo‘lgach, men shunday og‘ir kunlarda o‘z yaqin dugonamning yonida bo‘lish hamda unga dalda berish uchun 1-sentabr kuni Toshkentga uchib keldim. Bo‘lib o‘tgan voqealar menga shu qadar qattiq ta’sir ko‘rsatdiki, men Parijdan bir inson bo‘lib ketib, tamomila boshqa inson bo‘lib qaytdim.

    Men Toshkentga payshanba, 1-sentabr kuni kechga tomon yetib keldim va 2-sentabr kuni ertalab kasalxonaga yo‘l oldim. Prezidentimizning rafiqalari, qizlari Lola va Lolaning to‘ng‘ich qizi Maryam mana bir necha kundirki kasalxonada ularning oldilaridan bir zum ham ketmasdan turar edilar.

    2-sentabr tonggi soat 9:00 da O‘zbekistonning OAV orqali prezidentimizning ahvollari og‘irlashgani haqida xabar berildi (Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchi edimki, prezidentning oila a’zolari xalqni yurtboshimiz sog‘lig‘idan bevosita xabardor qilib borish kerakligini qat’iyan ta’kidlashdi, va aynan ularning iltimoslariga ko‘ra yurtboshimiz vafotining sabablarini ko‘rsatuvchi tibbiy xulosa e’lon qilindi).

    Lola menga 2-sentabr ertalab soat 8:00 larda qo‘ng‘iroq qildi hamda otasining ahvoli keskin yomonlashgani va umrlarining 2–3 soati qolgan bo‘lishi mumkunligi haqida xabar berdi.

    Men kasalxonaga yetib kelganimda ularning isitmalari baland edi. Shunda zudlik bilan “Yosin” surasini o‘qish uchun qorilar chaqirtirildi. Ozgina vaqtdan so‘ng Anvar qori Minor masjidining boshqa bir necha qorilari bilan birgalikda yetib kelishdi. Bilmadim, bu tasodifmi yoki yo‘q, ammo qorilar “Yosin” surasini o‘qishni boshlashligi zahoti yurtboshimizning tana haroratlari 36,5 ga pasaydi.

    Keyingi 12 soat mobaynida Qur’oni Karimning suralari nihoyatda chiroyli va to‘xtovsiz ravishda butun kasalxona bo‘limi bo‘ylab yangradi.

    Prezidentimiz umrlarining so‘nggi 12 soati davomida men ular yotgan palatada bo‘ldim. Qizlari Lola, Tatyana Akbarovna, Maryam va men ularning yonlarida o‘tirib, tavhid kalimasi, salavotlar o‘qib, Allohning ismlarini zikr qilib o‘tirdik. Yonimizdagi qo‘shni xonada qorilar o‘tirishar (ular katta darchadan prezidentimizni ko‘rishlari mumkin edi) va baland hamda viqorli ovoz bilan Qur’on suralarini tilovat qilishar edi. Lola otasining oldidan ketmas, tez-tez ularning lablarini suv bilan xo‘llab turardi. Oila a’zolari ko‘zlarida yosh bilan yurtboshimizdan rozi-rizolik so‘rashar edi. Kasalxonada deyarli hamma ko‘z yoshi to‘kishar, Qur’on tilovat qilayotgan qorilarning ham ovozlari vaqti-vaqti bilan yig‘i tufayli uzilib qolardi.

    O‘sha onlarda prezidentimizning ruhlari bizni his qilayotgandek edi nazarimda. Ularning yuzlari jiddiy tus olgan, misoli Qur’onni diqqat bilan tinglayotgandek hamda har safar oldilariga qizlari Lola kelib gaplashganda, uni sezayotgandek edilar.

    Vaziyat har qancha og‘ir bo‘lmasin, boshqa umid yo‘qligi ma’lum bo‘lgach, janoza marosimini rejalashtirish kerak edi. O‘zingiz bilasiz, O‘zbekistonda bunga o‘xshash voqea hali yuz bermagan edi. Dafn marosimi Prezidentning oilasi tomonidan ishlab chiqildi: qayerdan chiqarish, qayerga olib borish, Registon, Tillakori.

    Lola boshidanoq dafn marosimi musulmon urf-odatlariga qat’iy rioya qilgan holda bo‘lishi hamda yurtboshimizning vasiyatlariga muvofiq ularni onalari uyidan chiqarishni va tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida dafn etilishlarini aytdi. Prezident Islom Karimov bir necha yil avval o‘z rafiqalari bilan Samarqand shahrini ziyorat qilganlarida Hazrat Xizr masjidi yonidagi joyni ko‘rsatib, ularni aynan shu masjid oldida dafn etishlarini vasiyat qilgan ekanlar. Ularning oila a’zolari barcha marosimlarni islom urf-odatlariga muvofiq bajarilishiga katta e’tibor berdilar, hamda har bir masalada Anvar qori bilan maslahatlashdilar. Musulmon odatlariga binoan, ayol kishilar janozada ishtirok etmaydilar. Shu sababli, Lola imomdan o‘z onasi va yana uch ayol tobut ketidan to janoza boshlanguncha Registonga borishi mumkinmi deb so‘radi. Anvar qori bu musulmonlik qoidalariga zid emasligini, faqat janoza o‘qilayotgan vaqtda ayol kishilar xonaning ichida bo‘lishi kerakligini aytdilar.

    Kechki soat 21:00 ga yaqin Alloh yurtboshimizning jonlarini oldi.

    Biz ular bilan vidolashish uchun palatalariga kirdik, shu on Anvar qori va ularning ikkita shogirdlari ham xonaga kirishdi. Ular qo‘llarida bir quchoq rayhonni ushlab turishar edi. Shunda Lola qoridan, bu shunday odatmi, deb so‘radi. Uning savoliga javoban Anvar qori, marhumni ularning sevimli gullari bilan yopmoqchi ekanliklarini aytdilar. Shundan so‘ng prezidentimizni oq mato bilan yopishdi, hamda Anvar qori, ularing shogirdlari va Lola marhum boshining tepasi, yelka, qo‘llarining ustiga rayhon gullarini qo‘yishdi va prezidentimiz tamomila rayhon gullariga burkandilar. Men ham bitta rayhon gulini so‘rab oldim va uni prezidentimizning oyoq tomonlariga qo‘ydim. Shundan so‘ng barchamiz o‘tirdik. Butun xona rayhon iforiga va Qur’on tilovotlarining yoqimli ovoziga to‘ldi. Bu juda ham ta’sirli onlar bo‘lib, ham xonada, ham kishi ko‘nglida ravshanlik va yorug‘lik hukm surardi.

    Keyinchalik Anvar qori menga marhumning boshi ustida Qur’onni to erta tonggacha o‘qib chiqishganini aytdilar.

    Tunggi 12:00 ga yaqin men kasalxonadan uyga qaytdim. Ertalab biz Samarqandga yo‘l olishimiz kerak edi.

    Men rasmiy kortejni kuzatuvchilar qatorida emas edim. Samolyotda prezident tobutini kutib olish uchun aeroportga ertaroq, tonggi 5:00 larga yetib bordim. Bu vaqtga qadar Toshkent ko‘chalari odamlar bilan to‘lgan, ko‘pchilik yig‘lar hamda prezidentimizni so‘nggi manzilga kuzatish uchun kutib turishar edi.

    Biz Samarqandga soat 8:00 larga yetib bordik va mashinada yurtboshimiz tug‘ilib, voyaga yetgan uyga yo‘l oldik.

    Odamlarning tuganmas qatorlarini ko‘rish juda ham ta’sirli edi: prezidentimizga izzat-ikrom ko‘rsatib, ayollar oppoq ro‘mol va och rangli ko‘ylaklar, erkaklar esa do‘ppi va saranjom kiyimlar kiyishgan edi.

    Samarqandliklar, 60 yildan so‘ng o‘z ona shahriga butunlay qaytgan o‘z shahrining o‘g‘loni bilan vidolashib, ko‘zlarida yosh bilan turishar edi.

    Azim Registon maydonining yonida joylashgan, yurtboshimizning bolaligi o‘tgan kichik hovlili uyda yuvish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Shundan so‘ng barchamiz uydan Registon tomon piyoda yo‘l oldik. Atrof olomon bilan to‘lgan, shahar bo‘ylab odamlar yig‘isi eshitilar edi. Bu juda ham og‘ir damlar edi. Lola onasi bilan tobutning ketidan yurishar, biz esa ularning ortidan bir necha qadam orqada ketar edik. Tobutni olib borish vaqtida kishilar tobutga tegishga va uni qo‘lma-qo‘l ko‘tarishga harakat qilishar edi. Men o‘sha onlar, odamlarning haqiqiy ayriliq dardi va motamsaro ko‘z yoshlari guvohi bo‘ldim. Atrofda yorug‘lik va iliqlik ruhi hukmron edi.

    Registon maydoniga yetib borganimizda biz ayollar Tillakori madrasasining ichiga kirdik. So‘ng esa butun Registon bo‘ylab “Yosin”, “Fotiha”, “Baqara” va Muqaddas Qur’onning boshqa suralari yangradi. Prezidentning oilasi iltimosiga binoan Qur’oni Karim Registon maydonida chamasi 40 daqiqa davomida o‘qildi.

    O‘sha lahzalarda yuraklarni qamrab olgan hissiyotlarni, atrofni chulg‘ab olgan ta’sirli va farishtali ruhiyatni tasvirlashga til ojiz. Men bu marosimni televideniye orqali ham olib uzatishganini ko‘rdim, biroq birorta ham kamera o‘sha lahzalarning nihoyatda go‘zal kuchini to‘liqlicha tasvirlab berishga qodir emas. Keyin janoza namozi boshlandi, so‘ngra tobutni Registondan olib chiqib keta boshlashdi.

    Biz madrasadan chiqa olmas edik, va tobut uzoqlashayotganini ko‘rib, ko‘z yoshlar bilan vidolashuv so‘zlarini ayta boshladik. Tobut tobora uzoqlashib borar, biz esa uni ko‘zdan qochirmaslik uchun qo‘shni oynaga yugurib borar edik. Tobut maydondan tashqariga chiqib ketayotganda butun Registon bo‘ylab ona vatanimizning mustaqilligi ramzi, O‘zbekiston madhiyasi yangradi.

    Birinchi prezidentimizni ularning vasiyatlariga binoan Hazrat Xizr masjidi yoniga dafn etishgandan so‘ng, Samarqandning forumlar majmuasida rasmiy xotira marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston hukumati a’zolari, xorijiy davlatlar rahbarlari hamda diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.

    Kechroq, Lola, Tatyana Akbarovna va yana bir necha ayollar prezidentimizning qabrlarini ziyorat qildik. Qur’on tilovat qilindi. Yurtboshimiz qabrlari qo‘yilgan joy tepalikda joylashgan. U yerdan ko‘hna Samarqand shahriga misli kaftdagidek manzara ochiladi. Prezidentning oila a’zolari so‘zlariga ko‘ra, bolalik davrlarida Islom Karimov bu yerda ko‘p vaqt o‘tkazgan ekanlar, tengdosh bolalar bilan qadimgi shahar xarobalari bo‘ylab yugurib yurgan ekanlar. Prezidentimiz o‘sha onlar shunday buyuk hayot yo‘lini bosib o‘tishlarini bilganmikanlar? O‘sha damlar, aynan shu, ularning bolalik davrlariga guvoh bo‘lgan tepalik, vaqti kelib, mangu yotadigan maskanlari bo‘lib qolishini sezganmikanlar?”.

    27.08.2017, 11:51   Izoh (0)   266776
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

    27.08.2017, 10:29

    Mirobod tuman IIBning eski binosi yaqinida kuchli yong‘in kuzatildi

    27.08.2017, 09:32

    Toshkentdagi “O‘rtasaroy” qabristonida yong‘in yuz berdi

    27.08.2017, 08:26

    “Pullarni biz o‘z xohishimiz bilan topshirganmiz”: “Ahmadboy ishi” bo‘yicha navbatdagi sud majlisidan reportaj

    27.08.2017, 08:07

    Boriy Alixonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon suv haftaligida qatnashadi

    26.08.2017, 23:07

    Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qo‘mitasi raisini qabul qildi

    26.08.2017, 22:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.