AQShning Florida shtatida maxsus mo‘ljal kuchlari xodimlari o‘z xonadonida yashirinib olib, hayotiga qasd qilish bilan tahdid qilgan ayolni otib o‘ldirdi. Bu haqda 26-avgust kuni Fox News telekanali ma’lum qildi.
Aytilishicha, SWAT otryadi ayolning yashash joyiga yuborilgan, jangchilar u bilan aloqaga o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Ayol ularga o‘z joniga qasd qilmoqchiligini aytgan. Kutilmaganda ayol aloqani uzgan, otryad xonadonga kirish buyrug‘ini olgan, u yerda politsiyachilar to‘pponcha bilan qurollangan ayolga duch kelib, uni otib tashlagan.
Iyul oyida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, 2017-yilning dastlabki olti oyida amerikalik politsiyachilar 492 kishini otib tashlagan.
Izoh (0)