Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali doirasidagi tanlov dasturining birinchi kuni o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tanlovni Afg‘onistonning “Safar” ansambli boshlab berdi. Keyin sahnaga Gretsiyaning “Entopiya” guruhi taklif etildi. Hozir Germaniyaning Reinhard reissner jamoasi yig‘ilganlarni o‘zining musiqiy dasturi va kuy-qo‘shiqlari bilan bahraman etmoqda.
Shuningdek, tanlov dasturining birinchi kunidan Ozarbayjon, Nepal, Qozog‘iston, Belgiya, Rossiya, O‘zbekistonning “Sohib Poshozoda”, “Kanta Dab Dab”, “Uljan Baibosinova”, “Limbrant”, “Razdolye”, “Registon” ansamllari chiqishi o‘rin olgan.
Samarqand shahri amfiteatri va boshqa madaniy-ma’rifiy maskanlarida festival qatnashchilari ishtirokida musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)