Suriya hukumat qo‘shinlari Livanning “Hizbulloh” harbiy harakati hamda Rossiya havo-kosmik kuchlari ko‘magida IShID terrorchi guruhining as-Suxna shahridagi anklavni nazorat ostida ushlab turgan jangarilarini qurshovga oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Suriya armiyasi IShID anklaviga Rakka viloyatining janubiy tumanlaridan yaqinlashgan. As-Suxna shimolida o‘rnashgan ittifoqchilarning ko‘magida ular terrorchilarni halqaga oldi.
As-Suxna ustidan nazorat o‘rnatilishi IShIDning tayanch punktlaridan biri — Dayr az-Zavr shahriga yo‘lni ochib beradi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)