Oxirgi yillarda AQSh tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilgan yordamning umumiy miqdori 750 million dollar atrofida bo‘ldi. Bu haqda Pentagon rahbari Jeyms Mettis Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
“Shu yerda ekanman, bayonot beramanki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlab borish niyatidamiz. Askarlaringiz front chizig‘ida qolayotgan vaziyatni yaxshiroq tushunish uchun bu yerga kelishim kerak edi. Bu menga prezident ma’muriyatiga yaxshiroq ma’lumot yetkazish va sizga nima kerakligini tushuntirishim uchun kerak”, — dedi u.
“Umuman olganda, oxirgi bir necha yil ichida AQShning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami 750 million dollarni tashkil etdi”, — qo‘shimcha qildi Mettis.
Izoh (0)