Britaniya qirollik fotografiya jamiyati International Images for Science competition Xalqaro ilmiy fotosuratlar musobaqasida finalga yo‘l olgan ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Guf Chalun suratga olgan “Muz darvoza”
Kadrda Antarktida qirg‘oqlarida suzayotgan aysberg joylashgan. Aysberg haroratning o‘zgarishi hamda shamol ta’sirida bu kabi yoy ko‘rinishga kelib qolgan.Andrey Narchuk suratga olgan “Farishtalar sevgisi”
Ushbu kichik dengiz shilliqlari Tinch va Atlantika okeanining shimoliy qismidagi sovuq suvlarda yashaydi. Dengiz farishtalari shilliqurt hisoblanadi, biroq ular o‘sish davrida o‘z chig‘anoqlarini tashlab yuboradi.Enriko Sakketti suratga olgan “Aresibo radioteleskopi”
Puerto-Rikodagi ushbu teleskop radioastronomiya, atmosfera fizikasi va Quyosh tizimidagi jismlarni o‘rganish uchun 2016-yilda qurilgan.Aleksandr Rupet suratga olgan “Qizil Xochning Kabuldagi shifoxonasi”
Suratda tahlil uchun ayoldan qon olayotgan laborant tasvirlangan.Gabriel Klemen suratga olgan “Lizengangning havorang halqasi”
Suratda kaliy bixromat, kumush nitrat va oltingugurt sulfatning o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘lgan konsentrik halqa tasvirlangan.Richard Bich suratga olgan “Kamera obyektivi”.
Suratda Kenon 24-105 mm raqamli kamerasining obyektivi tasvirlangan.Luis Davill suratga olgan “Faradey qafasi”
Ushbu moslama qurilmalarni tashqi elektromagnit maydonlardan himoya qilishga mo‘ljallangan.Stiven Gshmeyzner suratga olgan “Chivinning oyoqlari”
Suratda hasharot oyog‘ining pastki qismi tasvirlangan.Daniel Rapav suratga olgan “Muzlatilgan pufak”.
Suv muzlaganida daraxtsimon kristallar paydo bo‘ladi, shundan so‘ng yoriqlar hosil bo‘lib pufakni yo‘q qiladi.
Izoh (0)