Roberta De Niro 2017-yili seriallarda rol o‘ynagan aktyorlar ichida eng ko‘p haq olgani bo‘ldi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Artist Amazon studiyaning serialida suratga tushgan bo‘lib, har bir qism uchun 775 ming dollar olgan edi.
Ikkinchi o‘rinda — Mark Xermon. U “Dengiz politsiyasi” serialining har bir qismi uchun 525 ming dollar olardi.
Uchinchi o‘rinni “Taxtlar o‘yini” yulduzlari Emiliya Klark, Nikolay Koster-Valdau, Piter Dinkleyj, Kit Xarington va Lina Xidi, shuningdek, Kevin Kostner (“Yelloustoun”) va Kevin Speysi (“Qartali uy”). Tilga olingan artistlar har bir seriya uchun 500 ming dollar maosh oladi.
Izoh (0)