• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Kirill yozuvini lotindan ustun qilish iltimosi bilan Prezidentga xat yozgan Shuhrat Rizayev “O‘zbekkino” rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi

    “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalroq Otabek Musayev agentlik bosh direktori lavozimidan ozod etilgani, uning o‘rniga Furqat Zokirov tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

    Kino sohasidagi bir-biridan mustaqil bir necha manbaning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, agentlikda yangi — bosh direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tashkil etilgan.

    Xabar berishlaricha, mazkur lavozimga “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, taniqli adabiyotshunos Shuhrat Rizayev tayinlangan. Bosh direktorning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Nizomiy Jalolov o‘z lavozimida qolgani aytilmoqda.

    Shuhrat Rizayev.

    Shuhrat Rizayev.
    Foto: “Kultura.uz”

    Qayd etish joiz, “Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan Shuhrat Rizayevning Prezident Shavkat Mirziyoyevga maktubi so‘nggi vaqtlarda jamoatchilik o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

    Shuhrat Rizayev o‘z maktubida Prezident e’tiboriga bir necha takliflarni havola qilgan bo‘lib, ular orasida “kirillni asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonuniylashtirish” ham bor edi.

    Shuhrat Rizayevning alifbosi masalasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga bildirgan fikrlari bilan to‘liq quyida tanishishingiz mumkin.

    ...Shu bilan bog‘liq yana bir o‘ta muhim va g‘oyat og‘riqli muammo bor. Bu — joriy alifbomiz masalasi. Bugun 25 yoshgacha bo‘lgan farzandlarimiz lotin alifbosi asosidagi yozuvda savod chiqarib, undan foydalanyapti. Katta yoshdagi hamyurtlarimiz esa kirill yozuvidagi alifboda mutolaa qiladi va ish yuritadi. Mana, uchinchi o‘n yillik to‘lib boryaptiki, ko‘pchilik hanuz lotin yozuviga moslasha olmayotir.

    Qolaversa, lotin alifbosi, mutaxassislar fikricha, tilimiz tabiatiga unchalik muvofiq emas. Binobarin, u yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Shu bois ommalashmayotgan alifbodan ommaviy axborot vositalari ham, nashriyotlar ham nihoyatda kam foydalanyapti. Maktab va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kutubxonalari lotin yozuvida bo‘lmagan adabiyotlarni fondlariga olmaydi. Natijada — bu kutubxonalar g‘aribu qashshoq, yoshlarimiz yonib targ‘ib qilinayotgan kitobxonlik va mutolaa madaniyatidan bir tosh narida!

    Istiqlolimizning dastlabki yillari “Yosh gvardiya” yoki “O‘zbekiston SSR” nomi bilan nashr etilgan neki kitob bo‘lsa, u Alisher Navoiymi, yo Abdulla Qodiriy qalamiga mansubmi — farqiga bormay mahv etganlari kabi, undan avvalroq alifboni uch bora o‘zgartirib (arab, lotin, kirill), xalqimizni savodsiz etganlaridek johilona ish tutishlar millatimiz tarixi va taqdirida xunuk va zararli iz qoldirishi tayin.

    Siz ma’ruzangizda “jaholat” tushunchasiga alohida to‘xtalib, “... bugungi hayotiy jarayonlar jaholat hamma sohada ham uchrashi, agar unga qarshi o‘z vaqtida kurash olib borilmasa, o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda”, deb aytdingiz. Sho‘ro davlati alifbo masalasida ana shunday siyosat yuritgani uchun, arab, keyinroq qisqa muddat lotin alifbosida yaratilib, saqlangan yoki nashr etilgan qanchadan-qancha ma’naviy-madaniy obidalar: qo‘lyozmalar, hujjatlar, gazeta-jurnal, kitob­lar, yozishmalar arxivu hujjatxonalarda o‘lik bisot bo‘lib yotibdi.

    Biz ham lotindan kirill alifbosiga o‘tilgan davrdan to shu kungacha sakson yillik madaniy tariximizni farzandlarimizga keraksiz bir mulk o‘laroq qoldirmaylik. Fursat o‘tmasidan kirillni — asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonunlashtiraylik.

    Shuhrat Rizayev, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, adabiyotshunos

    19.08.2017, 16:53   Izoh (0)   40668
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Furqat Zokirov Otabek Musayev o‘rniga “O‘zbekkino” rahbari etib tayinlandi

    19.08.2017, 16:24

    “O‘zbekkino” tasarrufidagi kinoteatrlar ikki yilda 7 tadan 200 taga yetkaziladi

    19.08.2017, 15:31

    “O‘zbekkino” rahbari: Davlat filmi uchun ajratilgan 1 mlrd so‘mning 47 foizi soliqlarga ketadi

    19.08.2017, 14:58

    “Yulduzlar jangi” filmi qahramonlaridan biri - Obi-Van Kenobi haqida alohida film suratga olinadi

    19.08.2017, 09:01

    Mufasa va Skar aka-uka bo‘lmagan — “Qirol sher” mualliflari 23 yildan so‘ng buni ma’lum qildi

    19.08.2017, 07:44

    Akrom Shoxnazarov: “O‘zbekkino”ning majlislari doim janjal bilan tugaydi, oxirida nuqta qo‘yilmaydi…”

    17.08.2017, 14:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UFC on ABC 9. Bogdan Guskov Nikita Krilov ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

    Sport | 27 iyul, 12:30

    “Trampning sabr kosasi to‘lmoqda” — AQSH davlat kotibi

    Dunyo | 27 iyul, 11:53

    Mo‘ynoqdagi kondan ham gaz sizib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:38

    O‘zbekistonning ayrim joylarida hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:25

    Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilib, elektr ta’minotidan uzildi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:50

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.