Futbol bo‘yicha Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin mahalliy nashrlardan biriga intervyu berdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Bu vaqtga kelib uning bo‘lajak raqibi hisoblangan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jim.
Jurnalist savoliga javob qaytargan Krestinin O‘zbekistonga qarshi uchrashuv nima uchun kerakligi haqida aytib o‘tgan va bellashuvning yopiq eshiklar ostida o‘tishi har ikki tomon uchun muhimligini ta’kidlagan.
O‘zbekiston termasi ancha jiddiy raqib, yaxshi darajadagi jamoa. U mundialga yo‘l olish uchun da’vogar. Jamoaning murabbiylar shtabi bo‘lajak uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekistonning bizga qarshi o‘yin uchun o‘z vazifa va rejasi bor. Bizda esa o‘zimizniki.Futboli rivojlangan mamlakat terma jamoalari rasmiy o‘yinlarga nima sababdan yopiq eshiklar ostida tayyorgarlik ko‘rmasligi va umuman bu qoida qayerda yozib qo‘yilgani borasida Krestinin tushuntirish bermagan. Shuningdek, muxlislarsiz futbol nimasi bilan ancha jiddiy va qaynoq haroratli bo‘lishi haqida aytmagan.O‘yin yopiq eshiklar ostida o‘tadi. Ya’ni, muxlislarsiz. Bu har ikkala jamoaga ham kerak. Chunki har ikkala terma rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu boisdan ham bellashuv ancha jiddiy hamda qaynoq harorat ostida o‘tishi aniq. Bu o‘rtoqlik bahsi har ikkala terma jamoa uchun foydali.
Aleksandr Krestinin, Qirg‘iziston termasi bosh murabbiyi
O‘zbekiston — Qirg‘iziston o‘yini 25-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv natijasi oshkor qilinmasa, ajablanish yo‘q.
Izoh (0)