Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya La ligasining yana uch uchrashuvida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Bu haqda AS xabar berdi.
Ispaniya Superkubogining “Kamp Nou”da kechgan o‘yinida Ronaldu gol urib futbolkasini yechgani uchun ogohlantirilgan, keyinroq simulyatsiya uchun maydondan chetlatilgandi. Bu borada futbolchi hakamni turtib yuborishga ham ulgurdi. Ispaniya futbol federatsiyasi tartib intizom qo‘mitasi Krishtianuni 4 ta o‘yinga chetlatdi, appelyatsiya qo‘mitasi buni to‘g‘ri deb topdi.
Shundan so‘ng “Real” Ispaniya sport arbitraj sudiga murojaat qilgandi. Shikoyat qanoatlantirilmadi va Ronaldu belgilangan jazoni baribir o‘taydigan bo‘ldi.
Futbolchi Superkubokning Madridda o‘tgan javob o‘yinida maydonga tusha olmagandi, keyinroq La liganing ilk turidagi “Deportivo”ga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yubordi. Endilikda portugaliyalik hujumchi “Valensiya”, “Levante”, “Real Sosyedad” klublariga qarshi uchrashuvlarda ham ishtirok etmaydi.
Izoh (0)