Barselona musulmonlari terrorchilikka qarshi noroziliklarini ifoda etish maqsadida ommaviy yurish o‘tkazdi. Bu haqda Independent xabar bermoqda.
Musulmonlar Plasa-de-Katalunya maydonida to‘planib, Barselona va Kambrilsda uyushtirilgan hujumlarni qoraladi.
Namoyishchilar 17-avgust kuni terakt uyushtirilgan Rambla ko‘chasiga qadar bordi.
17-avgust kuni mikroavtobus Barselonaning Rambla ko‘chasida piyodalar ustiga bosib keldi. Keyinroq Diagonal shohko‘chasida noma’lum shaxs yuk mashinasida politsiyachilarga hujum uyushtirdi. Ikki politsiyachi jabrlandi.
Teraktlarning qurbonlari soni 15 kishini tashkil etdi, 100 dan ortiq odam jabrlandi. Terrorchilarning katta guruhi ushlandi yoki yo‘q qilindi.
Izoh (0)