Barselonadagi teraktning asosiy ijrochisi va tashkilotchisi Yunes Abu Ya’qubni topishda politsiyaga Subirats shaharchasining hushyor fuqarosi yordam berdi. Bu haqda, Pais gazetasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Politsiya Abu Ya’qub 17-avgust kuni furgon boshqarib, Barselona markazida olomonga hujum qilganini rasman tasdiqladi. Shundan so‘ng u bir mashina haydovchisini o‘ldirib, o‘sha mashinada qochib ketgan, yo‘lda politsiya naryadi ustiga mashina haydagan edi.
Yaqinda terrorchining ushlangani bildirildi. Keyinroq u yo‘q qilingani aytildi.
Uning suratlari politsiya saytlarida joylashtirilgan edi. Subirats shaharchasida istiqomat qiluvchi ayol gumondorni uchratib qoldi va unga savol bilan murojaat qildi. ammo jinoyatchi savollarga javob bermay, yaqin atrofdagi uzumzorlarga qochib ketdi. Shundan so‘ng ayol politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar terrorchini tez orada yo‘q qildi. Abu Ya’qub huquq-tartibot idoralari vakillariga xudkush kamari bilan tahdid qilgan edi, ammo ushbu kamar mulyaj bo‘lib chiqdi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Kataloniyadagi terakt qurbonlari soni 15 kishiga yetdi.
Izoh (0)