Nyu-York ko‘chalarida AQSh prezidenti Donald Trampning haykali o‘rnatildi. Bu haqda Newsweek xabar bermoqda.
Asar muallifi — Aleks Garbega.
Unda AQSh yetakchisi tabiiy hajmda tasvirlangan, u o‘rindiqda o‘tirib, kaptarlarga don o‘rniga tvitlar tashlamoqda. Beshinchi avenyu o‘rindiqlaridan birida joylashgan haykal loydan yasalgan.
“Bu Trampga qarshi yoki uni qo‘llaydigan aksiya emas, — tushuntirdi san’atkor. — Men shunchaki uning tvitlari qay darajada qudratli ekanidan hayratdaman. Uning muloqot uslubi san’at darajasida, u odamlarni aqldan ozdiradi”.
Izoh (0)