Forbes jurnali 2017-yilning eng ko‘p haq oladigan aktrisalari reytingini e’lon qildi.
Unda 28 yoshli Emma Stoun birinchi o‘rinni egalladi. Aktrisa o‘tgan 12 oy mobaynida 26 million dollar ishladi. Yanvarda “La-La Lend” filmi prokatga chiqdi. Ushbu filmdagi roli uchun aktrisa “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinda — Jennifer Eniston 25,5 million dollar ko‘rsatkich bilan. U daromadining katta qismini Emirates, Smartwater va Aveeno kompaniyalari bilan tuzgan reklama shartnomalari hisobiga olgan.
Uchlikka 24 million dollar natija bilan Jennifer Lourens egalladi. Ayni paytda u Dior brendi bilan hamkorlik qilmoqda.
Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Melissa Makkarti, Mila Kunis, Emma Uotson, Sharliz Teron, Emi Adams, Keyt Blanshett va Juliya Roberts kirdi. Ularning umumiy daromadi bir yil ichida 172,5 million dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)