Qozog‘istonning Atirov shahri sudi Oqsoy qishloq okrugi hokimini 18,5 ming dollar jarimaga tortdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u mol tezagini pora sifatida olganlikda ayblangan.
Sudning aniqlashicha, fuqarolardan biri hokim Jumahmet Dosqaliyevga murojaat qilib, yer uchastkasi olish uchun ruxsatnoma hujjatlarni imzolab berishni so‘ragan.
Hokim fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor ekanligini, tabiiy o‘g‘it yetkazish bilan shug‘ullanishini bilib, undan 300 qop tezak talab qilgan. U faqat mana shu talabi bajarilganidan so‘ng hujjatni imzolab berishini aytgan.
Fuqaro hokimning talabini bajargan. Ammo keyinroq yana ayrim hujjatlarni imzolatish kerak bo‘lib qolgan, buning uchun hokim qo‘shima tarzda yana 50 qop tezak so‘ragan. Shu tariqa, poraning umumiy miqdori 206,7 ming tangani yoki 620 dollarni tashkil qilgan.
Izoh (0)