Germaniyaning Sea Eye notijorat tashkiloti xavfsizlik nuqtai nazaridan O‘rta Yer dengizida muhojirlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyalarni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti ham O‘rta Yer dengizida noqonuniy muhojir va qochqinlarni qutqarish ishlarini to‘xtatishini bildirgan edi. Liviya qirg‘oq qorovulining xatarli xatti-harakatlari, Italiya hukumatining ishga to‘sqinlik qilishi bunga sabab sifatida ko‘rsatilgan edi.
Tashkilotga mintaqadagi eng yirik kema tegishli edi. Endilikda u dengizni monitoring qilishni to‘xtatdi.
O‘z navbatida, Sea Eye Liviya hukumati xususiy notijorat tashkilotlariga tahdid sola boshlaganidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘layotganini e’lon qildi.
Bir muddat ilgari Liviya rasmiylari chet el kemalari mamlakat qirg‘oqlarini tez orada tark etishini talab qilgan edi.
Izoh (0)