Daniyada jahondagi eng yirik xususiy suv osti kemasi — Nautilus cho‘kib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Halokat chog‘ida 17 metrli submarina kapitani va kashfiyotchi Peter Medsen qutqarib olindi, ammo bir necha soatdan so‘ng unga jurnalist ayolni o‘ldirish aybi qo‘yildi. Ayol suv osti kemasida edi, biroq halokatdan so‘ng bedarak yo‘qoldi.
Submarina egasi ayolni ikki kun muqaddam Kopengagen sohilida tashlab ketganini uqtirmoqda.
Suv osti kemasini Daniya harbiy-dengiz kuchlari suv ostidan ko‘tarishga urinmoqda.
Izoh (0)