Buyuk Britaniya 2019-yil martida Yevropa Ittifoqidan hamda uning bojxona ittifoqi va umumiy bozoridan ketadi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Filipp Xammond bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uning tashqi savdo vaziri Liam Foks bilan hammualliflikdagi maqolasi The Sunday Telegraph gazetasida chop etildi.
“Biz Britaniya xalqi irodasini hurmat qilamiz, va 2019-yil martida Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqini tark etadi. Biz bojxona ittifoqidan chiqamiz va mustaqil, ochiq savdo hokimiyati sifatida butun dunyo bilan manfaatli savdo munosabatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, — deyiladi maqolada.
“Biz umumiy bozorni tark etamiz, negaki (2016-yil) 23-iyundagi ovoz berish shuni ko‘rsatdi, va biz buni hayotga tatbiq etamiz”, — xulosa qildi vazirlar.
Izoh (0)