Amerikalik senator, Senatning razvedka qo‘mitasi rahbari Richard Byorr prezident sayloviga Rossiyaning aralashuvi yuzasidan tekshiruv nega cho‘zilib ketganini tushuntirib berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning qayd qilishicha, oxirgi oylarda tekshiruv yangi dalillar hisobidan kengaytirilgan.
“Tekshiruv biz hozircha bilmaydigan ismlar, hujjatlar, suhbatlar, xatlar, biz ilgari bilmagan telefon suhbatlari tufayli cho‘zilib ketdi”, — dedi Byorr.
Senator yil oxirigacha surishtiruv tugashiga va Kongress Rossiyaning keyingi urinishlarini barbod qilishiga ishonch bildirdi.