Fransiya prezidenti Emmanuel Makron barcha tomonlarni KXDRning raketa dasturi atrofidagi inqirozning kengayib ketishidan qochishga chaqirdi. Bu haqda Yelisey saroyi bayonotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.ru”

“Respublika prezidenti mintaqadagi ittifoqchilar va hamkorlarga ular bilan hamtaraf ekanligini bildiradi. Bundan tashqari, u barchani mas’uliyatli bo‘lishga va qarshilikning kuchayib ketishidan qochishga chaqiradi”, — deyiladi bayonotda.

Fransiya prezidenti KXDRning yadro va ballistik tahdidlari kuchayayotgani munosabati bilan xavotirda ekanligini ham bildirgan. Shuningdek, u Pxenyan mazkur tahdidni keltirib chiqarayotgan qurol yaratish dasturidan to‘liq voz kechishi kerakligini ta’kidlagan.