O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning manbalari ma’lumot berdi.

Ozodbek Nazarbekov. Foto: “Uzcinemax.uz”

Foto: “Uzcinemax.uz”

Muqaddam Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanalining direktori etib tayinlangan edi. Ammo bir muddatdan so‘ng san’atkor ushbu lavozimdan ketgani hamda telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettirishi ma’lum bo‘lgan edi.