O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning manbalari ma’lumot berdi.
Muqaddam Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanalining direktori etib tayinlangan edi. Ammo bir muddatdan so‘ng san’atkor ushbu lavozimdan ketgani hamda telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettirishi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)