Iroq shimolida, Tall-Afar shahri yaqinida AQSh qurolli kuchlarining yangi bazasi tashkil etilmoqda. Shahar uch yildan buyon IShID guruhi nazorati ostidadir, deb xabar beradi “TASS”.
Yangi harbiy obyekt Tall-Afarni ekstremistlarddan ozod qilish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishga mo‘ljallangan. Baza qurilishi 50 foizga yakunlangan, u yerga allaqachon AQSh harbiy zirhli texnikasi va harbiy mutaxassislari yetib keldi.
Ayni paytda samolyotlar uchun uchish-qo‘nish tasmasi qurilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)