Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasiga o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichni qurish ishlari jadallik bilan bormoqda, deb yozadi My Day. Ayni paytda Nukus ko‘chasida va Kichik halqa yo‘lida ko‘prikni qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.
Mirobod tumanidagi bu ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan quriladi. Yo‘l o‘tkazgich turar-joy dahasini aylanib o‘tadi va shaharning sharqiy qismini markaz bilan bog‘laydi.